Rayyan International Tour
Rayyan International Tour
Rayyan International Tour — bu shunchaki sayohat tashkiloti emas.
Bu ma'naviy sayohat, tarixiy anglash va qalb hotirjamligini birlashtirgan, insonni o'z hayoti va oilasi bilan bog'liq kelajagini qayta anglashga undovchi, maqsadlarini ong, go'zallik va mas'uliyat bilan amalga oshirishga yo'naltiruvchi xalqaro ziyorat va turizm platformasidir.
Biz insonni faqat manzilga emas, mazmunli yo'lga boshlaymiz.
Chunki biz uchun sayohat — bu shunchaki harakat emas, balki o'zlikni anglash, tarix bilan bog'lanish va ruhiy yuksalish jarayonidir.
Bu ma'noda biz uchun Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning muborak ta'limotlari yo'l-yo'riq bo'lib xizmat qiladi. Rasululloh safar inson uchun foyda, tajriba va hikmat manbai ekanini ta'kidlaganlar.
Rayyan faoliyatining asosiy tamoyillari
Rayyan International Tour faoliyati halollik, shafoflik, pokizalik va mukammallik tamoyillari asosida olib boriladi. Har bir dasturimiz, avvalo, Yaratganning roziligi, ziyoratchining qalb hotirjamligi va xizmat sifatining eng yuqori darajada bo'lishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqiladi.
Biz xizmatni shunchaki majburiyat emas, balki omonat deb bilamiz.
Umra Plus — ma'naviyat va tarix uyg'unligi
Rayyan International Tour tomonidan taqdim etilayotgan Umra Plus dasturlari oddiy ziyorat emas.
Bu — buyuk allomalar, avliyolar va tarixiy qadamjolar orqali ma'naviy ongni boyituvchi, ruhiy tarbiyaga xizmat qiluvchi va mukammallikni o'zida mujassam etgan kompleks ziyorat konsepsiyasidir.
Biz quyidagi muqaddas va tarixiy maskanlarni yagona ma'naviy yo'lga birlashtiramiz:
- Imom al-Buxoriy majmuasi (Samarqand)
- Naqshbandiya merosi (Buxoro)
- Islom sivilizatsiyasi markazi (Toshkent) va O'zbekistondagi boshqa tarixiy ziyorat maskanlari
- Usmoniylar davri va islom sivilizatsiyasi (Turkiya)
- Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qadamjolari (Makka, Madina, Masjid al-Aqso)
- Islom tarixining muhim markazlari, inson ruhiy tarbiyasi uchun muhim bo'lgan muqaddas maskanlar
Biz nimasi bilan boshqalardan farqlanamiz?
Rayyan International Tour:
- haqiqiy ziyorat ruhini saqlaydi;
- har bir safarga ilmiy, tarixiy va ma'naviy yondashuv bilan qaraydi;
- tajribali gidlar, mutaxassislar hamda bilim va tajribasini amalda qo'llab kelayotgan olimlar va ishonchli hamkorlar bilan ishlaydi;
- xizmatda mukammallikni asosiy mezon deb biladi;
- mijozga faqat xizmat emas, balki ishonch va qalb hotirjamligini taqdim etishga harakat qiladi.
Biz uchun har bir sayohatchi — mehmon, har bir safar esa — omonatdir.
Bizning maqsadimiz
Bizning maqsadimiz —
- yo'qolib borayotgan ma'naviy va tarixiy qadriyatlarni tiklash,
- ularni qayta kashf etish orqali insonlarga o'z ildizlarini chuqurroq anglashga yordam berish,
- hamda ziyoratni inson hayoti va oilaviy yo'nalishini ijobiy o'zgartiruvchi chuqur tajribaga aylantirishdir.
Rayyan International Tour bilan siz:
- ziyorat qilasiz;
- tarixni his qilasiz;
- o'zingizni chuqurroq anglaysiz;
- oilangiz va kelajak avlod uchun mustahkam ma'naviy poydevor yaratasiz.
Rayyan bilan yo'lga chiqing
Bu shunchaki yo'l emas.
Bu mazmunli bir yo'ldir.
Ziyorat dasturlarimiz va tarixiy turlarimiz haqida batafsil ma'lumot olish uchun bugun biz bilan bog'laning.
Biz sizni hayotingizdagi eng muhim va eng mazmunli sayohatlardan biriga tayyorlab beramiz va har doim siz bilanmiz.
Haqiqiy va arzon umra paketlari
Umraning haqiqiy narxini bilamiz va bizning majburiyatimiz bu tejashni mijozlarimizga etkazishdir.